Boğçada bolalarga kobra bilan tomoşa körsatilgani töğrisida xabar berilgandi. Toşkent viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining ma’lum qilişiça, holat Piskent tumanidagi 7-sonli boğçada sodir bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maktabgaça ta’lim muassasasida tarbiyalanuvçilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan Örta Osiyo kobralari bilan tomoşa uyuştirilgani va bunda boğça ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va soğliği uçun xavfsizlik çoralari ta’minlanmagani aks etgan.

Tomoşalar Olmaliq şahar «Kumuş diyor» xususiy korxonasi tasarrufidagi «Toşkent» havaskorlik sirk jamoasi xodimi H.A. tomonidan uyuştirilgan. Mazkur şaxs öquv yili avvalida tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga ta’lim tizimidagi muassasalarga sirk tomoşalarini namoyiş qiliş böyiça xat va dastur bilan murojaat qilgan. Mas’ullar tomonidan uşbu tomoşalarga ruxsat berilgan.

Namoyişlar dasturida hayvonlar bilan sahna körinişlari körsatilmagan. H.A. 16 yanvar kuni tumandagi 7-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalarning hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan jonzotlar bilan öyin körsatgan.

«Toşkent viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan işçi guruh tuzilib, örganiş işlari olib borildi. Işçi guruh xulosasi bilan holatga bevosita mas’ul bölgan, e’tiborsizlik qilgan şaxslarga nisbatan çora körildi», — deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanişiça, içki işlar organlari tomonidan ham mazkur holat töliq nazoratga olingan.