“Özbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan pulli xizmatlar körsatiş tartibi töğrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizom Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida şartnoma asosida pulli xizmatlar körsatiş tartibini belgilaydi.
Institut quyidagi faoliyat turlari böyiça pulli xizmat körsatadi:
- ekspertlik faoliyati;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- noşirlik faoliyati;
- matbaa faoliyati.
Buyurtmaçi xizmat körsatişni sörab institutga yozma yoki elektron şaklda murojaat qiladi.
Institutga murojaat kelib tuşgan kundan boşlab bir iş kuni içida buyurtmaçi va institut örtasida ikki nusxada xizmat körsatiş böyiça şartnoma tuziladi.
Xizmatlar preyskuranti (narxlari) institut tomonidan bozor kon’yunkturasidan kelib çiqqan holda tasdiqlanadi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil yanvarda prezident farmoni bilan Kriminologiya tadqiqot instituti taşkil etilgandi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlaşga ixtisoslaşgan, Içki işlar vazirligi taşkiliy tuzilmasiga kiruvçi, yuridik şaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.








