2024 yil Özbekistonda 9 364 ta yöl-transport hodisalari sodir etilişi oqibatida 2 203 nafar inson halok bölgan va 8 901 nafar inson tan jarohati olgan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 24 yanvardagi yalpi majlisida ma’ruza qilgan senator Qutbiddin Burhonov ma’lumot berdi.
Mast holda transport vositasini boşqariş bilan boğliq 2021 yilda 40 542 ta, 2022 yilda 47 365 ta va 2023 yilda 41 866 ta, 2024 yilda 31 436 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Faqatgina 2024 yilda qariyb 8 ming nafar haydovçi mast holda transport vositasini boşqarganlik uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan söng takroran transport vositasini mast holatda boşqarganligi aniqlangan. Mast holda transport vositasini boşqariş oqibatida 2020-2024 yillarda qariyb 600 ga yaqin yöl-transport hodisasi sodir bölgan va buning oqibatida 322 nafar fuqaro halok bölgan.
Senator Qutbiddin Burhonovning ma’lum qilişiça, uşbu yöl-transport hodisalarining sodir bölişiga asosan fuqarolar tomonidan qonunçilikda belgilangan javobgarliklarni mensimaslik bölsa, ikkinçidan amaldagi yöl harakati qoidalarini bilmaslikdir. Şuningdek, qoidabuzarliklar uçun amaldagi qonun hujjatlarida ta’sir körsatuvçi omillar mavjud emasligi YTHlar köpayişining asosiy sabablaridan biri bölmoqda.
Senatorlar qabul qilgan yangi qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga yöl harakati xavfsizligiga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun javobgarlik çoralari belgilanmoqda.
Jumladan, avtomobilni mast holda boşqarganlik uçun jarima miqdori BHMning 25 baravaridan (9 mln 375 ming söm) 40 baravariga oşirilmoqda.
Şuningdek, transport vositasini takroran mast holda boşqarganlik uçun jinoiy javobgarlik, ya’ni 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki ikki yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksiga:
- avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek imtihon ötkaziş va haydovçilik guvohnomasini beriş tartibini buzganlik;
- transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxsning transport vositasini boşqarganlik;











