Prezident tomonidan «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror imzolandi.
Barça tuman (şahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qöriqlaş xizmati boşliqlariga va içki işlar organlari boşliqlari örinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat oğir mahallalar biriktiriladi.
Şuningdek, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat oğir tuman (şahar)lar mahallalarida xizmat olib boruvçi içki işlar organlari profilaktika kiçik inspektori lavozimi kiritilmoqda va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvçilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika çoralari doirasida manzilli işlarni amalga oşiriş;
mahallalar hududida sodir etiladigan ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça bayonnomalar tuziş.
Içki işlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalari tarkibida quyidagi tuzilmalar taşkil etilmoqda:
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş böyiça manzilli işlarni taşkil etiş vazifasini amalga oşiruvçi migratsion profilaktika bölinmalari;
mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar uçun ma’muriy qamoqqa oliş jazosi qöllangan şaxslarni maxsus qabulxonalarga olib boriş vazifasini amalga oşiruvçi tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari.










