Sloveniya naşrlarining yozişiça, Özbekiston milliy jamoasi boşqaruvida 2026 yilgi jahon çempionatiga töğridan-töğri yöllanma olişga yaqin turgan 61 yoşli mutaxassis salomatligi bilan boğliq sabablar tufayli qolgan 4ta rasmiy öyinda jamoani boşqara olmasligini tuşungan va şartnomani bekor qilgan.
Sloveniyaning Sportklub saytining qayd etişiça, Katanets bilan birga uning yordamçilari Aleks Çex, Nixad Peykoviç va Vlado Radmanoviç jamoa bilan xayrlaşadi.
Naşr Sloveniya milliy jamoasini öz tarixida ilk Yevropa çempionati (2000) va jahon çempionatiga (2022) olib çiqqan murabbiy bilan suhbatlaşib, xastalik bilan kuraşayotgan murabbiyga soğlik tiladi.
«Ikki oyça avval özimni juda yaxşi his qilayotgandim, hozir ham yomon emas, barçasi joyida. Ammo, baribir özim istaganimdek emas. Şu bilan birga töşakka mixlanib qolganim yöq, hali ham sayrga, yurişga çiqaman. Yaratgan egam menga yordam bermoqda. Sönggi vaqtlarda men Sloveniya va Xorvatiya orasida köp qatnaydigan böldim.
Murabbiylik faoliyatimga kelsak, iste’foga çiqiş qarorini faqat özim qabul qildim. Hayotim davomida faqat boşqalar uçun harakat qilib, özimni fido qilgandekman. Neça marta şartnomani bekor qilişni söraganimni bilasizmi? Ammo har safar bu fikrimdan qaytarişgan. Ammo bu – meni işlaşga undaganlarning aybi emas, faqatgina özimning boş murabbiy sifatidagi mas’uliyatim edi», - deydi Sreçko Katanets intervyusida.
Sportklub sayti muxbirining Sreçkoga «futboldagi faoliyatingizga nuqta qöydingizmi?» deya bergan savoliga Sloveniyaning afsonaviy murabbiyi hatto ertaga nima bölişini bilmasligini aytib, murabbiylik faoliyatini yakunlaganiga şa’ma qilgan.
Avvalroq, 61 yoşli mutaxassisning saraton kasalligi bilan kuraşayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tribuna.uz sayti nafaqat Sloveniyaning afsonaviy murabbiyi, balki Özbekiston milliy jamoasining ham eng muvaffaqiyatli xorijlik murabbiyiga soğlik tilaydi.
Eslatib ötamiz, 61 yoşli mutaxassis 2021 yil kuzidan beri Özbekistonni boşqarib kelayotgandi. Uning qöl ostida milliy jamoa Osiyo Kubogi-2023da çorakfinalgaça yetib bordi, JÇ-2026 saralaşida esa 3-bosqiçga çiqdi va ayni vaqtda guruhda mundialga yöllanma beradigan 2-örinni egallab turibdi.











