Oliy Majlis Qonunçilik palatasi elektron sigaretalarni taqiqlovçi qonun loyihasini körib çiqib, qabul qildi.
Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasi bilan Özbekistonda nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, şu jumladan elektron sigaretalar va ular uçun suyuqliklarni işlab çiqariş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, respublika hududiga olib kiriş hamda olib çiqiş taqiqlanmoqda.

Aylanmasi taqiqlangan çekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, şu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida mas’ul qömita tomonidan deputatlar bergan takliflar asosida undagi normalar takomillaştirilgan va loyiha matni maromiga yetkazilgan.
Deputatlarga köra, qonun loyihasining qabul qilinişi aholining hayoti va soğliğini yanada himoya qiliş, millat genofondini saqlaş, atrof-muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilişga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilindi.












