Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekişni çeklaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni, bugun - aholining salomatligini saqlaş masalasiga har doimgidan-da ustuvor vazifa sifatida qaralayotgan bir vaqtda qabul qilindi.

Bu Qonun profilaktik ahamiyatga ega hujjatdir. Uni işlab çiqişdan maqsad, birinçi navbatda, çilim va elektron sigaretalar çekilişining salbiy oqibatlaridan soğlom odamlarni, ularning soğliğini saqlaşga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilişdan iborat.   

Şu bilan birga, Qonunda uşbu zararli odatlarlarning yoşlar orasida keng tarqalişining oldini oliş - farzandlarimizni asraş, ularni har tomonlama, ham ma'nan, ham jismonan yetuk qilib tarbiyalaş masalalari közda tutilgan.

Qonunning yana bir muhim jihatiga töxtalsak, uning 6-moddasida çilim va elektron sigaretalar  çekişga yöl qöymaydigan jamoat joylari belgilab qöyilyapti. Lekin, şu moddaning özida uni butunlay çeklanmaganligini ham köramiz. Ya'ni, jamoat joylarida belgilangan tartib va talablarga (xonalarning jihozlariga, çilim va elektron sigaretalarni foydalanişga beriş tartibiga, ularni sanitar jihatdan tozalaşga, çekiladigan qorişmalarni saqlaşga va boşqa talablarga) javob beradigan çilim va elektron sigaretalar çekiş uçun maxsus taşkil etilgan xonalarda çekişga ruhsat etilişi mumkin.

Töğri, bugungi kunda 2011 yilda qabul qilingan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste'mol qilinişini çeklaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni bilan tamaki mahsulotlari (ya'ni, oddiy sigareta) bilan boğliq munosabatlar tartibga solib kelinmoqda. Biroq bu Qonun çilim va elektron sigaretalar bilan boğliq masalalarni tartibga sola olmaydi.

Örganişlar çilim va elektron sigaretalar çekişda hosil böladigan aerozol, tutunning zarari oddiy sigareta çekişda paydo böladigan tutundan bir-neça barobar yuqori ekanligini körsatdi. Çilim çekiş jarayonida organizmga is gazidan taşqari katta miqdorda xrom, nikotin, qörğoşin, smola, benzollar, polisiklik uglevodlar, karboksigemoglobin va boşqa zararli birlaşmalarning tuşişi yurak qon-tomir, öpka va nafas yöllari kasalliklariga, ovqat hazm qiliş tizimlari faoliyatining buzilişiga, onkologik kasalliklar rivojlanişiga, reproduktiv qobiliyatning susayişiga olib keladi.

Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti ekspertlari xulosasiga köra, çilimni bir marotaba töla iste'mol qilişda 20-30 sigaretani bir vaqtning özida çekiş bilan barobar tutun organizmga kiradi.