Şavkat Mirziyoyev 23 yanvar kuni Yevropa kengaşi prezidenti Antoniu Koşta bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati. Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.

Özbekiston prezidenti Antoniu Koştani Yevropa kengaşi rahbari lavozimiga saylangani bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasidagi köp qirrali hamkorlik yuksak darajaga kötarilgani va barça ustuvor yönalişlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

«Turli darajalarda faol muloqot va almaşinuvlar olib borilmoqda. 2024 yilda Özbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard yevrodan oşdi, Yevropa kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 30 milliard yevroga yetdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, ötgan yili öta muhim mineral resurslar sohasida strategik şeriklik töğrisida bitim imzolangan. Transport va raqamli özaro boğliqlik, «yaşil» iqtisodiyot, madaniyat va boşqa yönalişlarda samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Şuningdek, muloqotda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimning tez fursatda imzolanişi özaro munosabatlarning butun majmuini rivojlantirişga jiddiy turtki bölişiga işonç bildirildi.

«Özbekiston yetakçisi va Yevrokengaş rahbari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi. Joriy yil aprel oyida Samarqand şahrida «Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi» birinçi sammitiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça qöşma rejalar muhokama qilindi», — deya qayd etiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakçilari 2024 yil 27 iyun kuni keçqurun Bryusseldagi sammitda ittifoq asosiy institutlarining yangi rahbarlariga ovoz bergandi. Ovoz beriş natijasida Ursula fon der Lyayyen Yevrokomissiya raisi bölib qolgan, Yevropa kengaşiga Portugaliyaning sobiq boş vaziri Antoniu Koşta, Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmatiga esa Estoniya boş vaziri Kaya Kallas saylangan edi.