Özbekistonning doimiy aholisi soni 2025 yil 1 yanvar holatiga köra 37 million 543,2 ming kişiga yetdi. Şu tariqa 2024 yilda aholi ösişi 2 foizni yoki 743,4 ming kişini taşkil etdi. 

Statistika agentligi xabariga köra, jami aholining 18,9 millioni (50,4 foizi) erkaklar, 18,6 millioni (49,6 foizi) ayollardir. Şahar aholisi 19,1 million (51 foiz), qişloq aholisi 18,4 million (49 foiz) kişini taşkil etadi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori ziçligi Toşkent şahrida 6948,1 nafar, Andijon viloyatida 804,9, Farğona viloyatida 613,1 nafarni taşkil etdi. Eng past körsatkiçlar Navoiy viloyatida — 9,9 va Qoraqalpoğistonda — 12,2.

2024 yilda 926,4 ming bola tuğildi, bu ötgan yilga nisbatan 3,7 foizga kam. 

Yangi tuğilgan çaqaloqlarning otalari yoşga qarab quyidagi nisbatda taqsimlandi: 10,7 foiz — 25 yoşgaça, 82,5 foiz — 25−39 yoş, 6,8 foiz — 40 yoş va undan katta. Yangi tuğilgan çaqaloqlarning 39,3 foizida onalar yoşi 25 yoşgaça, 59,5 foizida 25−39 yoş, 1,2 foizida 40 yoş va undan katta bölgan.

Tuğilişning eng katta uluşi Samarqand viloyatida (12 foiz) kuzatildi, Farğona viloyatida — 11,1 foiz, Qaşqadaryo viloyatida — 10,9 foiz, Andijon viloyatida — 9,3 foiz va Surxondaryo viloyatida — 9,1 foiz.

Tuğiliş darajasi Sirdaryo viloyatida (2,4 foiz), Navoiy viloyatida (2,8 foiz), Jizzax viloyatida (4,2 foiz), Qoraqalpoğistonda (4,5 foiz) va Buxoro viloyatida (5 foiz) nisbatan past.

2024 yilda röyxatga olingan nikohlar soni 271,8 mingtani taşkil etdi, bu ötgan yilga nisbatan 12 mingtaga kam. 

Nikohda ayollarning örtaça yoşi 22,3 yoş, erkaklarning örtaça yoşi 27,1 yoşni taşkil qildi. 

Ajralişlar soni 45,1 mingtani taşkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 8,3 foizga kam.

Ajraşgan erkaklarning örtaça yoşi 35,4 yoşni, ayollarniki 32,1 yoşni taşkil etdi. Ajralişlarning eng katta uluşi 35 yoşgaça bölgan ayollarga töğri keladi, bu umumiy körsatkiçning 64,6 foizini taşkil qiladi.

Özbekistonga xorijdan köçib kelganlar soni 2229 kişini, xorijga köçib ketganlar soni 10 842 kişini taşkil etadi.