Muloqot çoğida Özbekistonda Yakkaboğ-Qarşi magistral suv quvurlarini quriş loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş hamda mamlakatda yuqori ziçlikdagi va sifatli polietilen mahsulotlarini işlab çiqariş investitsiya loyihasini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Per Merşerz Elydan kompaniyasining Özbekiston bilan hamkorlik qilişga qiziqişi yuqoriligini ta’kidladi. Uning aytişiça, kompaniya rahbariyati Fransiyaning Eiffage kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan Yakkaboğ-Qarşi magistral suv quvurlarini quriş va mavjud suv taqsimlaş inşootlarini rekonstruksiya qiliş loyihasida iştirok etayotganidan mamnun.

"Ikkinçi bosqiçda Elydan kompaniyasi tomonidan Özbekistonda yuqori sifatli polietilen mahsulotlarini işlab çiqaruvçi qöşma korxona oçiş va mahsulotlar eksportini Markaziy Osiyo hamda MDH mamlakatlari bozoriga yölga qöyiş rejasi işlab çiqilmoqda", dedi Per Merşerz.

Uçraşuv yakunida özaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlari aniqlaş va Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişib olindi.