Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 27 yanvar kuni poraxörlik, firibgarlik va jamoatçilik işonçini suiiste’mol qiliş böyiça qayta boşlangan uçta iş böyiça eşituvlarda iştirok etiş uçun Tel-Aviv okrug sudiga yetib keldi, deb xabar beradi Channel 12. Boş vazirga nisbatan mazkur ayblovlar 2019 yilda qöyilgan va 2024 yil 10 dekabrdan boşlab sudda körib çiqilmoqda.

Qayd etilişiça, Binyamin Netanyahu körsatma berişi kerak bölgan sud eşituvlari bir oylik tanaffusdan keyin qayta boşlangan. Advokatlar uni boşqa sanaga köçirişni söragan, çunki dekabr oxirlarida Isroil boş vaziri prostata bezini olib taşlaş böyiça operatsiyani boşdan ötkazgan. Eşituvlar boşlanişidan oldin advokatlar uçta işni haftasiga bittadan körib çiqişni söragan, ammo sud ularning iltimosini rad etgan.

Binyamin Netanyahuga qöyilgan birinçi ayblov Bezeq telekommunikatsiya kompaniyasi boş vazir kömagida regulyator imtiyozlarini olgani bilan boğliq. Buning evaziga kompaniya egasi Şaul Eloviç özi nazorat qiladigan Walla yangiliklar saytida Netanyahu haqidagi faqat ijobiy maqolalar paydo bölişini ta’minlagan.

Ikkinçisi esa boş vazir va gazetalardan birining noşiri bilan til biriktirganlikka aloqador. Uçinçi ayblov versiyasiga köra, Netanyahu prodyusser Arnon Milçan va milliarder Jyeyms Pakerdan homiylik uçun qimmatbaho sovğalar olgan. Boş vazir barça ayblovlarni rad etgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olişga order bergandi. XJS Isroil boş vaziri Binyamin Netayahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Ğazo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlarda gumonlamoqda.