Navbatdan taşqari matbuot anjumanida Vuçeviç öz mandati davomida amalga oşirilgan barça işlardan, xususan, mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sohasida erişilgan natijalardan ğururlanişini ta’kidlagan. «Novi-Saddagi ulkan fojia soya soldi va şundan buyon Serbiya uşbu halokatga boğlanib qolgandek», — deydi Vuçeviç.

Vuçeviçning sözlariga köra, jamiyatda yuzaga kelgan böliniş çegara sabab boşlangan, Novi-Sad vokzalidagi voqeadan esa «siyosiy jinoyatda» foydalanilgan. Vuçeviçning ma’lum qilişiça, Novi-Sad meri Milan Duriç ham bugun iste’foga çiqadi.

Vuçeviç 2024 yil mayda Serbiya boş vaziri etib tayinlangan edi, bunga qadar boş vazir örinbosari, mudofaa vaziri va Novi-Sad meri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Serbiyada 2024 yilning kuzidan beri namoyişlar davom etmoqda — bunga Novi-Sad şahridagi temiryöl vokzali binosi tomining qulaşi sabab bölgan. Hodisa oqibatida 15 kişi halok bölgan, yana ikki kişi jiddiy jarohat olgan edi. Norozilik namoyişi iştirokçilari şundan buyon mas’ullarni javobgarlikka tortiş va mamlakat hukumatining, jumladan, prezident Aleksandr Vuçiçning ham iste’fosini talab qilib kelmoqda.