Google korporatsiyasi AQŞdagi foydalanuvçilari uçun Google Maps servisida Meksika körfazi nomini Amerika körfaziga özgartirib qöyadi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib CNN xabar berdi.

Mazkur özgartiriş AQŞ hududida joylaşgan obektlarning ma’lumotlar bazasi — Geografik nomlar axborot tizimi (GNIS) yangilangandan söng paydo böladi.

Google rasmiy hukumat manbalarida yangilanişlar amalga oşirilsa, özining joy nomlarini özgartiriş amaliyotiga rioya qilişini bildirdi.

25 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika körfazini Amerikaga, Alyaskadagi Denali çöqqisini esa Mak-Kinliga özgartirişni buyurgandi. Bu Şimoliy Amerikadagi eng baland nuqta bölib, avvaliga 1901 yilda öldirilgan prezident Uilyam Mak-Kinli şarafiga nomlangan. Ammo 2015 yilda Barak Obama Mak-Kinlini mahalliy amerikaliklar foydalanadigan Denali nomiga özgartirgan edi. Bu Alyaskada yaşovçi aholining talabi va ikki asosiy partiya vakillari qöllovi bilan röy bergandi.

Google, şuningdek, öz xaritalarida Alyaskadagi Denali çöqqisi nomini ham özgartiradi.

Kompaniyadagilarning sözlariga köra, «rasmiy nomlar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi, Google Maps foydalanuvçilari esa rasmiy mahalliy nomlarni köradi». «Dunyodagi boşqa foydalanuvçilar ikkala nomni ham köradi. Bunday tartib şu yerda ham amal qiladi», — deyiladi bayonotda.