Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,3 barobarga oshdi
O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda chet el investitsiyasi ishtirok etgan korxona va tashkilotlar soni 1,3 barobarga oshdi.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, mamlakatda chet el investitsiyalari to‘liq va qisman ishtirok etgan korxona hamda tashkilotlar soni bo‘yicha Xitoy yetakchi o‘rinni egallamoqda – 3357 ta. Bu mamlakatda faoliyat olib borayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi jami korxona va tashkilotlarning 21,8 foizini tashkil etadi.
"O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan chet el davlatlari orasida Rossiya (2 ming 937), Turkiya (1 ming 826), Qozog‘iston (1 ming 41) va Janubiy Koreya (644) korxonalari ham o‘rin olgan", – deyiladi maqolada.
Qozog‘iston 2024 yilning o‘n bir oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkorlari uchligiga kirdi. Toshkent va Ostona o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3,8 milliard AQSh dollaridan oshgan.
Mavzuga oid
12:16 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev 30 mln dollarlik infuzion dori ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi
14:48 / 26.11.2025
Sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
15:19 / 24.11.2025
Xorijiy korxonalarning eng ko‘pi Toshkent shahrida joylashgan
15:31 / 15.11.2025