Turkiyadan olinadigan harbiy dronlar, prokuratura nazoratiga ötgan yaşil energiya, narxlarni asossiz oşirgan 1300 ta dorixona va Farğona viloyatidagi yangi oliygohlar — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Özbekiston Turkiyadan yangi harbiy dronlar sotib oladi
Özbekiston Turkiyaning ANKA SIHA harbiy uçuvçisiz qurilmalarini sotib oliş böyiça kelişuv imzolagani aytilmoqda. Turkiyaning TUSAŞ şirkati tez orada uşbu dronlarni yetkazib berişni boşlaydi.
ANKA droni 30 soatgaça havoda qoliş va 350 kg yuk kötariş qobiliyatiga ega. Oçiq ma’lumotlarga köra, uning eksport narxi 25 mln dollardan oşadi. Uşbu qurilmalardan ayni paytda Jazoir, Qozoğiston, Tunis va Indoneziya armiyalari ham foydalanmoqda.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yilda BAYRAKTAR TB2 droni parvozini kuzatgan va 2024 yil iyun oyida Turkiyaning KAAN qiruvçi harbiy uçoği taqdimotida iştirok etgan. Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorlik haqida muzokaralar davom etmoqda.
IIV röyxatidan joy olgan 800 ming fuqaro
Içki işlar vazirligi huquqbuzarlik sodir etişi yoki özgalarga jabr yetkazişi ehtimoli bölgan 800 mingdan ortiq şaxs röyxatini tuzdi. IIV fuqarolar qaysi mezonlar asosida bu röyxatga kiritilganini aniq oçiqlamagan.
AOKAda ötkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonova bergan ma’lumotga köra, bunday fuqarolarning 588 ming nafariga huquqiy xulosa berilib, 400 ming nafarining muammolari hal qilingan. Bu işlar profilaktika inspektorlari va mahalla yettiligi tomonidan amalga oşirilgan.
2025 yilda Farğona, Andijon, Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatlarida 419 ta kriminogen mahalla uçun 84 ta huquq-tartibot maskani oçiladi. Keyinçalik bu tajriba respublikaning boşqa hududlariga ham joriy etiladi.
Yaşil energiya işlab çiqariş prokuratura nazoratida
Özbekistonda 2025 yilda aholi, kiçik biznes va ijtimoiy soha obektlari iste’mol qiladigan elektr energiyasining 40 foizi qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga qoplanişi rejalaştirilgan.







