Suriya administratsiyasi rahbari Ahmad aş-Şar’a mamlakatning ötiş davridagi prezidenti sifatida e’lon qilindi, deb xabar beradi SANA agentligi.

Yangi hukumat, şuningdek, oldingi konstitutsiya bekor qilinişi va parlament tarqatib yuborilişini e’lon qildi. Barça xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatiladi — ularning örniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo böladi.

«Hozir Suriya uçun hokimiyatdagi böşliqni töldiriş, fuqarolar tinçligini saqlaş, davlat institutlarini quriş, mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi uçun zamin yaratiş, Suriyaning xalqaro va mintaqaviy maqomiga ustuvor vazifalardan hisoblanadi», — deydi Ahmad aş-Şar’a.

Tayinlangan prezidentning vakolatlari Suriyada yangi konstitutsiya qabul qilingunga qadar amalda böladi. 2012 yilgi konstitutsiya bekor qilinadi. Mamlakat hukumati, şuningdek, sobiq prezident Başar Asad tomonidan qabul qilingan qator qonunlarni ham bekor qiladi. Endi 8 dekabr Suriyada «Buyuk Suriya inqilobi» ğalabasi kuni sifatida nişonlanadi.

Bundan taşqari, Suriyada 61 yil hukmronlik qilgan «Baas» partiyasi tarqatib yuboriladi. Partiyaning boşqa nom ostida qayta faoliyat yuritişi taqiqlanadi.

Suriyada 2024 yil 8 dekabr kuni hokimiyat almaşdi. Sobiq prezident Başar Asad mamlakatni tark etib, Rossiyadan siyosiy boşpana oldi.