SpaceX Ship 40’ning yangi suratlarini eʼlon qildi. Apparat hozir Megabay angari içida tik holatda örnatilgan. Uning yonida parvozga tayyorlanayotgan yana uçta yangi Starship kemasi bor.

Ship 40 raketalar tizimining 13-sinov uçirilişi doirasida 24-iyul kuni parvoz qilgan. Suborbital parvoz Hind okeaniga boşqariladigan qöniş bilan yakunlangan. Apparat konstruksiyasining katta qismi saqlanib, u suv yuzasida qolgan.

Şundan söng SpaceX uni bazaga qaytariş operatsiyasini taşkil etgan. Uzunligi 52 metr bölgan kemani notinç dengizda 24 kun davomida şatakka olişgan. Safar şaroiti şunçalik qiyin bölganki, Ilon Mask ham operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlaş mumkinligiga şubha bildirgan.

Avgust oyida Ship 40 Avstraliyaga qaraşli orol yaqiniga yetkazilgan. U yerdagi sokinroq suvlarda muhandislar apparatni közdan keçirib, uning pastki qismidagi issiqlikdan himoya qoplamasidan namunalar olgan.

Keyin Starship yirik yarim çökuvçi Forte transport kemasiga yuklangan. Kema 7-oktabr kuni Texasdagi Braunsvill portiga yetib kelgan. Şundan söng Ship 40 quruqlik orqali Starbase majmuasiga olib borilib, angarga joylaştirilgan.

Muhandislar endi kemani batafsil tekşirib, parvoz va atmosferaga qayta kiriş uning konstruksiyasi hamda issiqlikdan himoya qoplamasiga qanday taʼsir qilganini örganmoqçi. Olingan maʼlumotlar Starship tizimini yanada takomillaştirişda qöllanadi.