2025 yil 30 yanvar holatiga köra, Turkiya hududida qalbaki spirtli içimlikdan zaharlangan Özbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, vafot etganlarning ikki nafari — ayol.

Boş konsulxonaga köra, vafot etgan barça fuqarolarning jasadlarini Özbekistonga olib ketiş böyiça Taşqi işlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegişli konsullik, huquqiy va taşkiliy yordam körsatilgan.

Şuningdek, ba’zi vatandoşlar davolaniş kursini yakunlab, şifoxonadan çiqqan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.

«Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi va Istanbuldagi Boş konsulxonasi uşbu masala böyiça nazoratni davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 15 yanvar kuni Boş konsulxonaga 4 nafar fuqaroning qalbaki spirtli içimlik iste’mol qiliş natijasida vafot etgani böyiça murojaatlar kelib tuşgandi. Keyinroq vafot etganlar soni 17 kişiga yetgani töğrisida xabar berildi. Ba’zi Özbekiston fuqarolari zaharlangan bölsa-da, uy şaroitida davolanişga harakat qilib, şifoxonaga bormagan holatlar ham aniqlangan.

Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qölga olingan va ularga nisbatan jinoyat işi oçilgan.