Meta kompaniyasi 2021 yilgi da’voni hal etiş maqsadida AQŞ prezidenti Donald Trampga 25 million dollar tölaşga rozi böldi. Tramp uşbu da’voni Facebook va Instagram akkauntlari bloklangan vaqtda bergandi, deb yozadi The New York Times.

NYT ma’lumotlariga köra, taxminan 22 million dollar Trampning prezident kutubxonasini moliyalaştirişga sarflanadi, qolgan 3 million esa Tramp va sud jarayoniga qöşilgan boşqa şaxslarning yuridik xarajatlarini qoplaşga möljallangan. Şu bilan birga, Meta da’vo doirasida heç qanday qoidabuzarliklarni tan olmaydi.

Qayd etilişiça, Meta’ning kompensatsiya tölaşga rozi bölişi «yirik texnologik kompaniya tomonidan sezilarli yonbosiş va Tramp uçun ğalaba hisoblanadi, u avvallari ijtimoiy tarmoq platformalarini senzura uçun tanqil qilgan».

Trampning Facebook va Instagramʼdagi akkauntlari 2021 yil 7 yanvarda — Kapitoliydagi tartibsizliklarning ertasi kuni bloklangan edi. Meta asosçisi Mark Tsukerberg platformalardan «demokratik yöl bilan saylangan hukumatga qarşi zöravonlik isyonini qözğatişda» foydalanilganini bildirgan. Öşa yilning yozida Tramp kompaniyani sudga bergan.

Trampning akkauntlari 2023 yil fevraldagina blokdan çiqarildi. Meta’ning global masalalar böyiça prezidenti Nik Klegga köra, akkauntlar Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etişni rejalaştirayotgani sabab blokdan çiqarilgan.

Trampning saylovlardagi ğalabasidan keyin Tsukerberg AQŞ prezidentining Floridadagi qarorgohiga borib, u bilan uçraşdi. Dekabr oyida Meta Trampning inauguratsiya jamğarmasiga 1 million dollar xayriya qildi.

2024 yilning törtinçi çoragida Meta’ning daromadi 21 foizga oşdi. Mark Tsukerberg çoraklik moliyaviy natijalar böyiça investorlar bilan ötkazilgan telefon orqali suhbatda Tramp administratsiyasini Amerika texnologik kompaniyalarini qöllab-quvvatlagani uçun maqtagan.