Nemis qonunçilari davlatda migratsiyani çeklovçi taklifni qabul qildi. Hujjat majburiy xarakterga ega bölmasa-da, Bundestagdagilar hukumatni qattiq çegara nazoratini örnatişga çaqirmoqda. Muxolif va 23 fevraldagi saylovda asosiy raqib partiya XDI ovoz berişda siyosiy an’anani buzib, öta öngçilar yordamini olgani esa qonunçilarni şokda qoldirdi.

Endi Germaniyadagi migrantlarga ham oson bölmaydi. Federativ Respublika parlamenti migratsiyani çeklovçi, çegaradan turib boşpana söraganlarga qat’iy rad javobini beruvçi taklifni ma’qulladi. Gap şundaki, Bundestagdagi öta öngçilar Şolsga muxolif partiya Xristian demokratlarni qöllab, migratsiyaga qarşi taklifni ma’qulladi. Ular migratsiya qonun-qoidalarini kuçaytiriş tarafdori. Xristian demokratlar ittifoqi partiyasi rahbari, Şolsning asosiy muxolifatçisi Fridrix Mers öta öngçilar – Germaniya uçun muqobil partiyasi yordamini qabul qilganini aytdi.

Şols partiyasi sotsial demokratlar va ularning ittifoqçisi yaşillar esa uşbu taklifga qarşi çiqişdi. Kansler bunday qilmaslikka çaqirmoqda. Taklif Germaniyaning hamda Yevropa ittifoqining qoçqinlar böyiça qonunçiligiga töğri kelmaydi, deydi Şols.

Mers «Yaşillar» va Şolsni muzokaraga çaqirdi

Navbatdagi saylovlarda ğolib bölişi mumkin bölgan asosiy nomzodlardan biri Fridrix Mers öta öngçilar - Germaniya uçun muqobil partiyasi yordamini qabul qilganidan afsusda, çunki nisbatan yangi va populistlar partiyasi ideologiyasi hozirgi nemis jamiyati uçun töla mos kelmaydi. Bundestagdagilar uşbu partiya a’zolarini ksenofob va fitnaçilar deb hisoblaydi. Şuning uçun ham Mers yaşillarni özi tomonga oğdirmoqçi, ularni muzokara va murosaga çaqirmoqda. 31 yanvar kuni Bundestagda yana bir marta bu taklif ovozga qöyiladi. Şundan oldin Mers Şols partiyasi va yaşillarni qarorini qayta öylab körişga çaqirib, birga muzokara ötkazişni taklif qildi.

Germaniya siyosiy maydonida an’ana buzildi

Kansler Şolsning sotsial-demokratik partiyasi konservatorlarni oxirgi taklifni qabul qilişdagi yuzsizligi uçun tanqid qildi, migratsiya masalasida öta öngçilar bilan bir tomonda turgani uçun partiyaning bu qarorini jiddiy qoraladi. Ovoz beriş çoğida sotsial-demokratik partiya rahbari hayratda ekanini aytib, majlisni töxtatişni söradi. Germaniya siyosiy maydonida hozir bor partiyalar öta öngçilar bilan işlamay, ularni koalitsiyaga ham qöşmay, öziga xos xavfsizlik devorini paydo qilişgandi. Mersning partiyasi esa ana şu an’anani buzdi va afsusda ekanini ham ma’lum qildi.