Buyuk Britaniya hukumati Rossiya foydasiga josuslik qilişda ayblagan bolgariyalik 30 yoşli Vanya Gaberova suddagi körsatmasida «Interpol uçun işlayapman», deb öylaganini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Old-Beyli sudida Gaberova josuslikda ayblanayotgan boşqa gumonlanuvçi — 43 yoşli Bizer Jambazov bilan munosabatlariga oid ayrim tafsilotlar haqida gapirdi. Ayolning sözlariga köra, ular 2021 yil avgustda uçraşişni boşlagan, şundan keyin erkak unga «kuzatuv böyiça topşiriqlar» berişni boşlagan.

Tibbiy kurer bölib işlagan Jambazov unga Interpol xodimining soxta guvohnomasini körsatgan. Şuningdek, u Gaberovaga politsiyaga işga joylaşişda yordam berişini aytgan. «Meni hibsga olişganida ham [2023 yil fevralda] nimadir notöğri ekani haqida öylamadim», — deydi Gaberova.

Şundan keyin u Gaberovaga Xristo Grozevning (bolgariyalik jurnalist) tergovini kuzatayotgani, u korrupsiyaga aloqador ekanini aytgan. 2021 yil 12 sentabr kuni ular birgalikda Valensiyaga uçib kelgan — Grozev ham şu yerda bölgan. Gaberova aeroport avtoturargohida uni kuzatiş böyiça topşiriq olgan, söng Grozev töxtagan mehmonxonagaça ortidan borgan.

Gaberova kuzatuv vazifasi tayyorgarlikdan ötmagan odamga topşirilganini nima uçun öylab körmagani töğrisidagi savolga quyidagiça javob qaytargan: «Jambazovda hamma narsaga javob bor edi». Xususan, uning aytişiça, «tayyorgarlikdan ötmagan odamlar kuzatuvni yaxşiroq eplarkan, çunki ular odamlar orasida ajralib turmaydi».

Rossiya foydasiga josuslik qiliş işi böyiça olti kişi gumonlanmoqda. Gaberova va Jambazovdan taşqari, Katrin Ivanova, Tixomir Ivançev, Orlin Rusev va Ivan Stoyanov. Ularga qarşi jinoiyat işi oçilgani töğrisida 2023 yil sentabrda ma’lum bölgan.

Jambazov öz aybiga iqror bölgan. Uning sözlariga köra, erkak Rusev boşqargan josuslik tarmoği tarkibida vazifalarni bajarib kelgan. Öz aybiga iqror bölgan Rusev Yan Marsalekka işlaganlikda ayblanmoqda (Marsalek — Wirecard moliyaviy startapining sobiq boş direktori, u kompaniya hisoblaridan 1,9 milliard yevro öğirlaşda gumon qilinmoqda).

2024 yil dekabrda işga aloqador şaxslar sudda The Insider asosçisi, rossiyalik jurnalist Roman Dobroxotovni öldirişga tayyorgarlik körganini ma’lum qilgan.

Gaberova kosmetolog bölib işlagan. U kiprik östiriş böyiça mutaxassis.