Germaniya Qurolli kuçlaridagi (bundesver) harbiy xizmatçilar soni ketma-ket ikkinçi yil qisqarmoqda va 203 minglik maqsadli körsatkiçdan pastligiça qolmoqda, deb xabar beradi FAZ gazetasi.
«Ötgan yili yangi kelgan askarlar soni oşganiga qaramay, bundesver harbiy xizmatçilari soni yana biroz qisqardi. Germaniya Mudofaa vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilişiça, yil oxirida harbiylar soni 181 ming 150 kişini taşkil etgan», — deyiladi xabarda.
2023 yilda esa uşbu körsatkiç 181 ming 500 kişini, 2022 yil oxirida esa bundesver harbiy xizmatçilari soni 183 mingdan ortiqni taşkil etgan.
Şu bilan birga, 2024 yil bundesver uçun yangi harbiy xizmatçilarni yollaş borasida omadli kelgan: 20,3 ming inson xizmatga kirgan — bu undan oldingi yilga nisbatan taxminan 8 foizga köp.
Germaniya kansleri Olaf Şolsning bundesver uçun 100 milliard yevrolik maxsus jamğarmani taşkil etiş taklifi 2022 yilda ma’qullangandi. Şolsning sözlariga köra, Germaniya Qurolli kuçlari modernizatsiyadan keyin Yevropadagi eng katta doimiy armiyaga aylanadi.
Ötgan yilning yozida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Qurolli kuçlarni rivojlantiriş rejasini taqdim etgandi — unda şaxsiy tarkib sonini 181 ming kişidan 203 ming kişiga oşiriş, şuningdek, har yili 15 mingga yaqin yangi harbiy xizmatçilarni yollaş taklif qilingan.
Dekabrda esa NATO boş kotibi 5 yildan keyin Rossiya bilan uruşga tayyorgarlik körişga çaqirgandi. Mark Ryutte Bryusseldagi çiqişi davomida mudofaani mustahkamlaş böyiça hozirgi sa’y-harakatlarni yetarliça emas deb baholab, «Hozir Ukrainada sodir bölayotgan voqealar biz bilan ham yuz berişi mumkin», degan.











