Centrum Air aviakompaniyasining Madina—Farğona reysi böyiça uçgan havo kemasi Turkmanistonga qöndirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1 fevral kuni Centrum Air’ning Madinadan Farğonaga uçayotgan S6 3336 raqamli A321neo samolyoti Turkmaniston havo hududidan ötayotganida, uning dvigatelidan moy sizib çiqqani aniqlangan.
Parvozlarni amalga oşiriş qöllanmasiga muvofiq, havo kemasi komandiri Farğona xalqaro aeroportiga uçişni töxtatiş va uni Mari aeroportiga yönaltiriş böyiça qaror qabul qilgan. Samolyot komandiridan tegişli bildirişnoma olinganidan keyin zaxiradagi A321neo samolyoti Mari aeroportiga yuborilgan.
Zaxira borti Mari aeroportiga yetib kelganidan keyin yölovçilar hamda ularning yuklari Farğona aeroportida yetkazilgan.
«Ayni vaqtda bizning yuqori malakali muhandislar jamoamiz tomonidan dvigateldan moy sizib çiqiş holati bartaraf etilgan va samolyot tez orada yölovçilarsiz Toşkentga texnik reysni amalga oşiradi», — deyiladi xabarda.








