AQŞ Moliya vazirligi firibgarlar va terrorçilik guruhlarining tölovlariga ruxsat berib kelgan. Bu haqda biznesmen Ilon Mask özi rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan olib borilgan örganiş işlari natijasiga tayanib ma’lum qildi.
«DOGE jamoasi Moliya vazirligida tölovlarni tasdiqlaydigan mansabdor şaxslarga hatto taniqli firibgar yoki terroristik guruhlar bölsa ham ularning tölovlarini doim tasdiqlaş töğrisida körsatma berilganini aniqladi. Ular özlarining butun karerasi davomida rad javobini bermagan. Biror marta», — deydi Mask.
Şu bilan birga u qanday guruhlar haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmagan.
Avvalroq The New York Times öz manbalariga tayanib, Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent DOGE’ning bir neçta vakiliga davlat xarajatlarini nazorat qiliş va çeklaş uçun federal tölov tizimlaridan foydalanişga ruxsat bergani haqida yozgandi. Gazeta ma’lumotlariga köra, 2023 yilda uşbu tizim orqali 5 trillion dollarlik tölovlarga oid ma’lumotlar qayta işlangan.
Mask jamoasi tizimdan foydalaniş ruxsatini olganidan keyin biror tölovni bloklab qöygani töğrisida hozirça heç narsa ma’lum emas. Oregon ştatidan saylangan demokrat senator Ron Uayden biznesmenning tizimdan foydalana olişi manfaatlar töqnaşuviga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.
DOGE’ni Mask bilan birga biznesmen Viven Ramasvami boşqarişi kerak edi, ammo u lavozimdan voç keçgan. The Washington Post’ga köra, tadbirkorlar örtasida kelişmovçilik yuz bergan.









