Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri hisoblanuvçi milliarder Ilon Mask sönggi haftalarda AQŞ taşqarisida muhokama markazida bölib turgan Amerika siyosatçilaridan biriga aylandi.

Sönggi yillarda Mask Amerika siyosatidagi eng nufuzli figuralardan biriga aylandi

Gap bu yerda uning omma oldidagi çiqişlarida natsistlardek qöl kötarib Donald Trampni qöllaşidagina emas. Mask Yevropadagi voqealar böyiça qanaqa davriylik va qiziqqonlik bilan çiqiş qilayotganida.

Keyingi ön yillikda Yevropa yetakçilari demokratik jarayonlarni Rossiyadan kelayotgan populistik partiyalarni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy tarmoqlarda yolğon axborot tarqatiş va saylovlarga aralaşiş kabi gibrid tahdidlardan qanday himoya qiliş masalasini muhokama qilib keldi, tahdidlarga qarşi kuraşiş yöllarini izlaşdi.

Biroq, Ilon Mask xuddi şu uslublarni MEGA — Make Europe Great Again («Yevropaga buyukligini qaytariş») şiori ostida işlatişni boşlaganda, Yevropa muayyan çigallikka tuşib qoldi. U bu tamoyilni Trampning maşhur MAGA (Make America Great Again) kampaniyasidan olib, özining Yevropa uçun strategiyasiga tatbiq etdi.

BBC Ilon Mask Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida hokimiyat özgarişiga nega intilayotgani va yevropalik yetakçilar bunga qanday javob qaytarayotgani kabi savollarga javob izladi.

Germaniya va Britaniya uçun muqobil

Ötgan haftaning şanba kuni Ilon Mask Germaniyaning muxolifatdagi natsistik va ultraöng sanaluvçi «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasining saylovoldi mitingida videomurojaat orqali iştirok etdi. Uning yetakçilari hokimiyatga kelgan taqdirda, nafaqat noqonuniy muhojirlarni, balki ba’zi qonuniy rezidentlarni va hatto çet eldan kelgan nemislarni ham deportatsiya qilişni va’da qilmoqda.

Galle şahrida katta ekran orqali nutq sözlagan Mask uşbu partiyaga ovoz berişga çaqirdi. U nemislar öz milliy madaniyati va qadriyatlarini himoya qilişi kerakligini ta’kidlab, ularni «multimadaniyat yölida yöqoliş» ga yöl qöymaslikka da’vat etdi.