Özbekistonda «Halol» belgisiga ruxsat, 80 ming dollar bilan qölga tuşgan mutaxassis, YPX xodimi ustiga maşina haydagan haydovçi va dunyo kezayotgan özbek sayyoh blogerlari — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Özbekistonda «Halol» belgisiga ruxsat berildi
Özbekistonda 2025 yil 1 maydan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulot va xizmatlarga «Halol» belgisi qöyişga ruxsat etildi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga köra:
- «Halol» talablariga muvofiq mahsulot va xizmatlarni sertifikatlaştiriş tartibi joriy etiladi;
- Sertifikatlaştirilgan mahsulotlar davriy baholanadi;
- Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi va Din işlari böyiça qömita «Halol» talablariga muvofiq sertifikatlaştirişni nazorat qiladi.
Şuningdek, «Halol» belgisining rasmiy şakli va ölçamini belgilaydigan standart loyiha işlab çiqiladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 oy ötib, ya’ni 1 maydan kuçga kiradi.
DXXning Xorazm va Farğonadagi korrupsiyaga qarşi tezkor tadbirlari
Xorazm viloyati Transport boşqarmasi boş mutaxassisi 80 ming dollar pora olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan uşlandi.
DXX ma’lumotiga köra, u tadbirkorning işonçiga kirib, Urgançdagi 960 kvadrat metr yer maydonini kadastr idoralaridagi tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib beriş va köp qavatli turar joy quriş uçun hujjatlarni tayyorlaş evaziga 135 ming dollar talab qilgan. Şuning 80 ming dollarini olgan paytida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berişga qasd qiliş moddalari böyiça iş qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Farğona viloyatida ham korrupsiya holati aniqlangan. Yozyovon tumanining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boş mutaxassisi quriliş pudratçisi uçun reyting ballarini oşiriş va tenderga taqdim qiliş maqsadida soxta hujjatlar tayyorlab beriş evaziga 8700 dollar olgan vaqtida uşlangan. Bu xodimga nisbatan ham jinoyat işi oçilgan.







