Qayd etilişiça, UzGasTrade AJ tomonidan gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etiş işlari amalga oşirilişi sababli magistral gaz quvurlarida bosim pasayişi yuzasidan ogohlantiriş berilgan.

Şu munosabat bilan birinçi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş ustuvor vazifa ekanini inobatga olgan holda 3 fevral kuni ayrim ulgurji iste’molçilarga çeklovlar kiritilgan.

«Ayni vaqtda avariya holati bartaraf etilgan va gaz ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, UzGasTrade — tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi işlab çiqaruvçilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlangan narxlarda va import orqali taşqi manbalardan markazlaşgan tartibda xarid qiliş bilan şuğullanadi.