AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina hukumati bilan Kiyev Amerika yordami evaziga nodir metallarni yetkazib berişi böyiça kelişuv imzolamoqçi ekanini ma’lum qildi.
«Biz Ukraina bilan bitim tuzmoqçimiz, uning doirasida ular biz ularga bergan narsalarni öz nodir metallari va boşqa narsalari evaziga olişadi», — degan Tramp 3 fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot çoğida.
Jurnalistlar bilan muloqot çoğida Tramp Rossiya–Ukraina uruşini hal qiliş masalasida «katta siljiş» borligini aytib ötgan. Ammo u tafsilotlarni oçiqlamagan.
Nodir yer minerallariga qiziqiş bildirar ekan, Tramp mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiydan kelgan taklifni qöllab-quvvatlaydi, deb yozadi NYT.
Financial Times ma’lumotlariga köra, Ukraina hukumati özining «ğalaba rejasi»ni tayyorlaşda Donald Tramp AQŞ prezidentiga aylanişini inobatga olib ikkita band qöşgan. Ulardan birida Ukraina muhim tabiiy resurslarini ğarb davlatlari bilan bölişişi, ikkinçisida esa uruş tugaganidan ukrainlar Amerikaning Yevropadagi ayrim qöşinlari örnini egallaşi közda tutilgan.
Kreml Trampning Kiyevga nodir metallar evaziga yordam körsatiş ğoyasini tanqid qildi
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ prezidenti Donald Trampning Kiyevga nodir metall resurslaridan foydalaniş evaziga Kiyevga yordam beriş ğoyasiga munosabat bildirib, uni Ukrainaga yordam körsatmaslikka çaqirdi.
«Agar narsalarni öz nomi bilan ataydigan bölsak, bu yordamni sotib oliş taklifidir. Ya’ni yordamni bepul yoki boşqa tarzda berişni davom ettiriş emas, balki uni tijorat asosida taqdim etiş. Yaxşisi, albatta, umuman yordam körsatmaslik va şu bilan uşbu mojaroni yakunlaşda hissa qöşiş kerak», — dedi 4 fevral kuni Peskov.
Moskvadagilar uruş boşidan buyon Ğarbni Ukrainaga yordam bermaslikka çaqirib, bu yordam mojaro yakuniga ta’sir qilmasligi, faqat uning çözilişiga sabab bölişini ta’kidlab keladi. Şu vaqtgaça Kremlda Trampning Ukraina böyiça bayonotlaridan birortasi töğridan töğri tanqid qilinmagandi.
Trampning sözlari Yevroittifoqda ham tanqidga uçradi. Germaniya kansleri Olaf Şols AQŞ prezidenti ğoyasini «egoistik» deb atab, ukrain resurslari mamlakatni uruşdan keyin tiklaşni moliyalaştirişda foydalanilişi lozimligini ta’kidladi.
Şols kelajakda Ukrainaga kuçli armiya, şuningdek, mamlakatni qayta tiklaş uçun mablağ kerak bölişini ta’kidladi. «Ukrainada röy berayotgan ulkan vayronagarçilikni hisobga olsak, bular katta vazifalardir. Şuning uçun ham Ukraina resurslaridan kelajak uçun foydalanilsa yaxşi bölardi, deb öylayman», — deya qöşimça qildi Germaniya kansleri.









