2023 yilda Turkiyada 7,8 magnitudali fojiali zilzila sodir bölgan edi. Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş boşqarmasi ma’lumotlariga köra, zilzilada 39 ming bino vayron bölgan, 200 ming uy jiddiy zarar körgan. Mamlakat janubidagi Antokiya şahri eng köp zarar kördi. Ikki yil avval bu yerda faqat xarobalar bor edi, bugun esa şahar qayta tuğilmoqda, deb xabar berdi Daily Sabah gazetasi.

Qayd qilinişiça, tabiiy ofatdan keyin Antokiya tarixiy markazi uruş maydoniga öxşardi. Işçilar tonnalab vayrona qoldiqlarini yuk maşinalarida olib ketişdi va bu şaharni ulkan quriliş maydonçasiga aylantirişdi. Yil davomida asosiy jarayonlar arxitektor Deniz Eskiöjoq tomonidan olib borildi. Zilziladan jabr körgan fuqarolarning yangi uylarga tezroq köçib ötişini ta’minlaş uçun 300 dan ortiq odam tinmasdan işladi, dedi u.

«Biz barça xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tez, ammo samarali işladik. Tungi soat ikki-uçlarda beton quydik», dedi Eskiöjoq.

Atrof-muhit, şaharsozlik va iqlim özgarişi vazirligi 2025 yil 26 yanvariga qadar zilzila zonasida 201 ming 580 ta uy va korxona qurib bitkazilganini ma’lum qildi. Yil oxirigaça 453 ming uyni topşiriş va’da qilinmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, dunyoning seysmik jihatdan xavfli hududlaridan birida şunday köp sonli uylarning qulaşi quruvçilarning vijdonsiz mehnati oqibatidir. Past sifatli materiallarni sotib oliş va muhim bosqiçlarni e’tiborsiz qoldirib, minglab odamlarning hayoti xavf ostiga qöyilgan. Bugun mahalliy aholi işonçini qaytariş maqsadida muhandis va arxitektorlar tomonidan binolarda qöşimça tekşiruvlar ötkazilmoqda.

«Uyimizni qurişda qança beton va temir sarflanganini öz közim bilan kördim. Agar yana zilzila röy bersa, işonçim komilki, bu binolar tik turadi. Ular menga işonç bağişlaydi, bu yerda özimni çinakam xavfsiz his qilyapman», dedi mahalliy aholidan biri.