Aldaş – firibgarlik jinoyatining asosi. Buni kasb qilib olganlar birovlarni aldaş uçun şunday yolğonlar öylab topişadiki, ularning “ijodkor”ligi kişini hayratga soladi. Kun.uz 2024 yilda Özbekistonda sodir etilgan eng ğaroyib firibgarliklarni töpladi. Ularda firibgarlar “öljasi”ni köziga qarab turgan holda aldab, pul yoki mulkini egallab olgan.

Özbekistonda har yili minglab firibgarlik jinoyati sodir etiladi. Ularning aksariyati aldov yöli bilan özga şaxslar işonçiga kirib, pul yoki mulkini egallab oliş bilan boğliq. Kun.uz 2024 yilda respublikada sodir qilingan ğaroyib firibgarliklarni töpladi.

Taksistlarni “uxlatgan” yigit

Zangiota tumanida yaşovçi 20 yoşli yigit kirakaşlarni çuv tuşirişni maqsad qiladi. Buning uçun u juda oddiy yolğon öylab topgan va kirakaşlar bu yolğonga işongan.

Firibgarlik sxemasi quyidagiça: yigit Toşkent şahri köçalarida yurib, yölovçilardan telefonidan biror daqiqaga foydalanib turişni söragan hamda özi turgan manzilga Yandeks çaqirgan. Çaqiruv böyiça kelgan taksist qöliga esa paketga öralgan buyumni (hid taratuvçi aksessuar) tutqazib, biror manzilga yetkazib berişni söragan.

“Manzilda sizni kutib olgan odam “poçta” uçun 300 ming, yöl haqi uçun 100 ming söm beradi. Siz menga “poçta” pulini berib ketaverasiz”, deya aldagan u jabrlanuvçilarni.

Taksistlar uning gapiga işonib, “poçta” pulini yigitga tutqazib, aytilgan manzilga yöl olişgan. Manzilga yetib borganida esa aldanganini bilişgan. Ilova böyiça taksini çaqirgan odamga boğlanişsa, u begona bölib çiqavergan.

Yigit şu uslubda bir emas, ikki emas, 6 holatda taksistlarni turli miqdordagi pulga çuv tuşirgan. Ammo oxiri qölga tuşgan.

Sudda yigit barça qilmişlarini tan olgan va uşbu işlarda umuman şerigi bölmaganini, bir özi sodir etganini bildirgan. Sud hukmi bilan unga iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi va BHMning 70 baravari (23,8 mln söm) jarima jazosi tayinlangan.

Tekinga tuşgan “ming tiş”

Mazkur firibgarlik jinoyati 2024 yil 17 oktyabr kuni Angren şahrida sodir bölgan. 44 yoşli ayol şaharning Sağbon mahallasida yaşovçi fuqaroga (ayol kişi) özini “eski-tuski” narsalarni sotib oluvçi sifatida taniştirgan.