2024 yildagi prezident farmoni bilan jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida fuqarolarning erkinliklarini çeklaş bilan boğliq protsessual qarorlarga sanksiya beriş vakolatini alohida taşkil qilinadigan tergov sudyalariga ötkaziş vazifasi qöyilgan edi. 2025 yil 29 yanvardan kuçga kirgan qonun bilan tergov sudyalari endilikda jinoyat protsessida öz vazifalarini tölaqonli bajarişiga yöl oçildi.
Xususan, 2025 yil 29 yanvardan kuçga kirgan qonun bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi va Fuqarolik protsessual kodekslariga, şuningdek, «Prokuratura töğrisida» va «Sudlar töğrisida»gi qonunlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
«Prokuratura töğrisida»gi qonunga özgartiriş:
Qonunning 28-moddasi 1-qismi 12-xatboşisida nazarda tutilgan prokuror vakolatlari köpaymoqda. Xususan, prokurorga «…tintuv ötkaziş haqida, jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan sözlaşuvlarni eşitib turiş, ular orqali uzatiladigan axborotni oliş töğrisida, mol-mulkni xatlaş haqida sudga iltimosnoma kiritiş yoki iltimosnomaga rozilik beriş», kabi vakolat berildi.
Eng katta özgarişlar JPKda
Xususan, Jinoyat protsessual kodeksining 29-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan sudning vakolatlari ham yuqorida nazarda tutilgan prokuror vakolatlaridek kengaytirilmoqda.
Şuningdek, kodeks yangi 31-1-modda bilan töldirilib, tergov sudyasining vakolatlari belgilanmoqda.
«Tergov sudyasi yakka özi iş tutib, uşbu kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar iş yuritiş bosqiçida şaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi ustidan sud nazoratini amalga oşiradi. Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga:








