AQŞ ijro organlari Amerikaning The New York Times (NYT), Politico va Associated Press (AP) gazetalariga pullik obunalarni bekor qilişni boşladi, deb xabar berdi Forbes.
Jumladan, AQŞ Davlat departamenti AP uçun tölovni töxtatdi, AQŞ ğaznaçiligi NYT obunasi uçun tölovni töxtatdi, NASA esa Politico xizmatlaridan boş tortdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt 5 fevral kuni USAID tomonidan ommaviy axborot vositalari, jumladan Politico naşri uçun mablağ ajratilişidan xabar topganini aytdi. Ötgan yili amerikalik soliq tölovçilar hisobidan 8 million dollardan köproq pul naşrni subsidiyalaş uçun sarflangan. «DOGE jamoasi hozir uşbu tölovlarni bekor qiliş ustida işlamoqda», dedi u.
Axios ta’kidlaganidek, faollar AQŞ hukumati xarajatlari veb-saytidagi raqamlarni örganib çiqdi va hukumat Politico naşriga 12 oy davomida 8,2 million dollar tölaganini aniqladi. Qayd qilinişiça, naşr USAID taşkilotidan ham 24 ming dollar olgan.
Politico rahbarlarining aytişiça, kompaniya «heç qaçon davlat dasturlari orqali mablağ yoki subsidiya olmagan» va uning obunaçilarining aksariyati xususiy sektordan keladi.
2024 yil noyabrida Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinladi. DOGE «har yili 6,5 milliard dollarlik davlat xarajatlarida mavjud bölgan katta isrofgarçilik va firibgarlikni yöq qiladi», dedi Tramp. Uning sözlariga köra, departament Oq uyning budjet idorasi bilan hamkorlik qiladi va «maslahat va körsatmalar beradi».









