Kun.uz muxbiri Qöştepa tumanida bölib, aholiga bir neçta savollar bilan murojaat qildi.
Qöştepaliklardan tuman nega bunday nomlanişini söradik. Aholi öz hokimlarini taniydimi? Ularni qanday muammolar qiynaydi?
Odamlarning köpçiligi muammo sifatida hududda tabiiy gaz yöqligi haqida gapirdi. Aksariyat aholi özi yaşab turgan tumani ma’nosini bilmasliklarini aytgan bölsa, yana köpçilik tuman hokimini tanimasliklarini ta’kidladi.

Qöştepa tumani qişloq xöjaligining asosiy tarmoqlari: paxtaçilik, ğallaçilik, boğdorçilik, sabzavotçilik, polizçilik, çorvaçilik. Tumanda ayniqsa uzumçilik yaxşi rivojlangan. Farğona vodiysining markazida, Yozyovon çölida joylaşgan. Tuman hududi orqali Katta Farğona kanali (27 km), Marğilonsoy, Janubiy Farğona kanali oqib ötadi.

Ma’lumotlarga köra, qadimdan tuman hududida tabiiy tepaliklar Qumtepa, Qamiştepa, Oqtepa, Qoratepa, Langartepa, Sopoltepa, Şahartepa tepaliklari bölgan. Ulardan ayni paytda qabriston sifatida foydalaniladi. Ana şu tepaliklar jamlanib tumanga “Qöştepa” nomi berilgan.

Kun.uz mamlakatning eng çekka hududlarigaça bölib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanişişda davom etadi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Tasvirçi va montaj ustasi – Sardor Mamirov.












