Hamburg hududiy sudi Germaniyaning Tagesspiegel gazetasiga USM Holding asosçisi Alişer Usmonov haqidagi qator yolğon ma’lumotlarni, jumladan, aktivlarni noqonuniy yöl bilan sotib olgani haqidagi xabarni tarqatişni taqiqladi.
Bu ayblovlar Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan unga qarşi joriy qilingan sanksiyalarini oqlaş uçun işlatilgan va Germaniyada milliarderga nisbatan tergov boşlanişiga sabab bölgan, deb xabar berdi EU Today.
Gap 2024 yil noyabr oyi oxirida naşr tomonidan çop etilgan, muallifi Andrey Popov bölgan maqola haqida ketmoqda. Tadbirkorning advokati naşrga xat yubordi, uni olgandan söng Tagesspiegel maqolani öçirib taşladi, biroq bunday ayblovlarni tarqatişdan tiyiliş talabini bajarmadi. Usmonov Hamburg hududiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi va sud uni qanoatlantirdi.
Sud naşrga Alişer Usmonovning Rossiya hukumati bilan «xizmat va hamkorlik evaziga» noqonuniy ravişda mol-mulk qölga kiritganini da’vo qilişni taqiqladi. Sud Tegernzeye kölidagi köçmas mulk va «Dilbar» yaxtasining tadbirkorga tegişli ekani haqidagi da’volarni isbotlanmagan deb topdi. Sud Usmonovning Bavariyaning Rottax-Egern şahrida «köp yillar yaşagani» haqidagi da’vo arizaçining şaxsiy huquqlarini buzgan va asossiz deb topdi. Sud, şuningdek, rossiyalik tadbirkorning «Frankfurt prokuraturasi tomonidan qöyilgan ayblovlardan qutulib qolgani» haqidagi da’voni tarqatişni taqiqladi. Darhaqiqat, prokuratura unga qarşi oçiq ayblov qöyişdan boş tortdi va Usmonovga nisbatan tergov töxtatilgan edi.
Tadbirkor matbuot kotibining aytişiça, sud qarori «Yevropa Ittifoqi rasmiylarining şaxsiy sanksiyalarni oqlaş borasidagi çalkaş yondaşuvining yana bir tasdiğidir». Alişer Usmonovni himoya qilayotgan advokat Yoaxim Ştaynxofel sud qarorini «muhim nuqta» deb atadi.
2024 yil yanvarida Hamburg sudi tadbirkorning Amerikaning Forbes jurnaliga qarşi da’vosini ham qanoatlantirdi va Usmonov Vladimir Putinning «yaqin odami» ekani va Myunxenda köçmas mulkka egaligi haqidagi da’volarni yolğon deb topdi. Iyun oyida xuddi şu sud Germaniyaning Tegernseer Stimme naşriga tadbirkorning Bavariyada villasi borligi haqidagi da’voni tarqatişni taqiqladi. Oktabr oyida sud Germaniyaning ARD telekanalida Usmonov Parij Olimpiadasidagi qiliçbozlik turnirida «hakamlarga pora beriş tizimini» yaratgani haqidagi bayonotlarni tuhmat deb topdi.








