iOS uçun möljallangan DeepSeek mobil ilovasida foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan zaifliklar topildi, deb yozdi NowSecure.
IT-mutaxassislari korxonalarga DeepSeek ilovasidan foydalanişdan voz keçişni «astoydil tavsiya qilmoqda».
«2025 yil 25 yanvardan beri eng ommabop iOS ilovasi sifatida DeepSeek jismoniy şaxslar, korxonalar va davlat xizmatçilariga tegişli millionlab qurilmalarda yuklab olindi va ulardan foydalanildi. Bu esa mamlakatlar, ştat va federal hukumatlar hamda AQŞ harbiylari tomonidan öz taşkilotlarini himoya qiliş va milliy xavfsizlikni ta’minlaş uçun tezkor taqiqlarga sabab böldi», deyiladi naşrda.
NowSecure kompaniyasi DeepSeek iOS mobil ilovasi keng qamrovli tekşiruvdan ötkazilganini, bunda jismoniy şaxslar, korxonalar va davlat idoralarini xavf ostiga qöyadigan bir neçta muhim zaifliklarni aniqlaganini aytdi.
Aniqlangan xavflar orasida: ilova maxfiy ma’lumotlarni Internet orqali şifrlaşsiz uzatadi, bu esa uni öğirlik va manipulyatsiyaga qarşi zaif qiladi; Foydalanuvçi nomi, parol va şifrlaş kalitlari işonçsiz saqlanadi, bu esa hisob ma’lumotlarini öğirlaş xavfini oşiradi; Ilova kuzatiş uçun işlatilişi mumkin bölgan foydalanuvçi va qurilma ma’lumotlarini töplaydi; Foydalanuvçi ma’lumotlari Xitoydagi serverlarga uzatiladi.
Mutaxassislar «mobil ilovalar xavfsizligi va ma’lumotlar himoyasiga ustuvor ahamiyat beradigan» muqobil SI platformalarini örganişni tavsiya qildi.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt platformasi eng köp yuklab olingan mobil ilovalar röyxatidan joy oldi. Foydalanuvçilar uning ChatGPT ilovasiga nisbatan ança tezkor ekanini qayd qildi.
Keyinçalik, Italiya öz fuqarolarining ma’lumotlarini himoya qiliş maqsadida DeepSeek çatbotini blokladi. Keyinçalik DeepSeek Janubiy Koreyada ham bloklandi.












