Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopişga çaqirdi. Mask tegişli xabarni 9 fevral, yakşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi.

«Bular amerikalik soliq tölovçilarning yiliga 1 milliard dollar pulini behuda sarflab, özi bilan özi gaplaşib ötiradigan radikal söl telbalar», dedi Mask. «Ha, ularni yopiş kerak. Ularni heç kim eşitmayapti», deb qöşimça qildi u.

Mask AQŞ Kongressida tasdiqlaş jarayonidan ötmadi

AP agentligi ta’kidlaganidek, 20 yanvar kuni prezident inauguratsiyasidan söng uç hafta davomida Oq uy rahbari Donald Tramp tomonidan yaratilgan DOGE tuzilmasini boşqarayotgan Mask AQŞ federal agentliklari işiga aralaşa boşladi – özi esa öz faoliyatini jamoatçilik nazoratidan çetda uşlab turibdi. U jurnalistlarning savollariga javob bermayapti va AQŞ Kongressidagi birorta ham eşituvda qatnaşmagan. U DOGE'dagi lavozimiga töğridan töğri Tramp tomonidan tayinlangan va AQŞ qonun çiqaruvçilari tomonidan tasdiqlaş jarayonidan ötmagan.

DOGE - AQŞ hukumati departamenti emas

DOGE hukumat departamenti emas va Mask yangi ma’muriyatning a’zosi sanalmaydi, deya aniqlik kiritdi The Guardian.

Şu bilan birga, uning Ğarbiy qanotda ofisi, şuningdek, Oq uy majmuasining bir qismi bölgan Eyzenxauer ma’muriy idorasi binosida ofisi mavjud.

Şu bilan birga, milliarderning körsatmasi böyiça 19 yoşdan 25 yoşgaça bölgan dasturçilar va muhandislarga federal agentliklarning nozik ma’lumotlari ustidan nazorat berilyapti hamda ular ommaviy işdan böşatiş bilan tahdid qilişyapti.

Xabarlarga köra, Tramp inauguratsiyasidan bir neça kun ötib, Mask AQŞning barça 2 million federal xodimlariga elektron poçta orqali ularni kutilayotgan işdan böşatişlar oldidan işdan ketişga çaqirgan. Aftidan, Ilon Mask xodimlarga yetti oylik maoşini bonus sifatida taklif qilgan.