1 fevral holatiga, Özbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari qiymati 42,9 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu – bir oy oldingidan 1,7 mlrd dollarga köp. Tegişli ma’lumotlar Markaziy bank saytiga joylangan.
Yanvar oyi davomida xorijiy valutadagi aktivlar keskin qisqargan. Zaxiraning bir qismi 1,3 mlrd dollarga kamayib, 7,3 mlrd dollarga tuşgan.
Zaxiralar umumiy qiymatining ösişi oltin qimmatlaşayotgani bilan boğliq: “moliyaviy yostiqça”ning oltin qismi 32 mlrd dollardan 35 mlrd dollarga yetgan. Oltinning sof fizik hajmi esa biroz oşgan: dekabrda 12,30 mln troya unsiyani taşkil qilgan bölsa, yanvarda 12,56 mln troya unsiyaga yetgan.
“Oy davomida oltin narxi 2 610,85 dollardan 2 791,50 dollargaça oşişining ta’siri +2 mlrd 269,1 mln dollarni taşkil etdi”, – deyiladi MB ma’lumotida.
Yanvar oyi hisoboti dastlab e’lon qilinganida, unda alohida band bilan 2,8 mlrd dollarlik “boşqa zaxira aktivlar” punkti bor edi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bu Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi aktivlarining xorijdagi likvid qismi bölişi mumkinligini taxmin qildi.
Ammo Markaziy bank keyinroq hisobotni yangiladi va bu punkt nolga özgartirib qöyildi. Hozirça Markaziy bank bu böyiça izoh bermadi. Kun.uz holat yuzasidan MB matbuot xizmatiga savol yölladi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil davomida Özbekistonning rasmiy zaxiralari 34,56 mlrd dollardan 41,18 mlrd dollarga yoki 19,1 foizga oşdi. Bunda, 2024 yilda jahon bozorida oltin narxlarining keskin oşib ketgani va özining tarixiy maksimum narxlarini bir neça marta yangilagani asosiy omil böldi.
Oltin narxi joriy yil boşida ham ösişda davom etyapti. Ötgan haftada Markaziy bank sotuvga çiqargan 1 grammli oltin narxi 95 dollardan oşdi. Qimmatbaho metall narxi yil boşidan beri 9 foizdan köproqqa oşdi.








