Farğona viloyatining Toşloq tumanida Rossiya mustamlakaçiligiga qarşi ozodlik uçun kuraşgan Madaminbekdan qolgan yagona “tirik tarix” 102 yoşli Odiljon ota Zokirov istiqomat qiladi. Odiljon ota ikkinçi jahon uruşida ham iştirok etgan. Nuroniy otaga Madaminbekdan bir neçta buyum yodgorlik bölib qolgan. Ulardan şu kungaça faqat uzuk yaxşi saqlangan. Unutilgan qahramonning jiyani onasidan eşitganlarini sözlab berdi.
“Madaminbek mening toğam. Onam Mehriniso aya Madaminbekning opasi edi. 1882 yilda Toşloq tumanining Sökçilik mahallasida tuğilgan. Ota-onam Madaminbek bosmaçi emas, u xalqni talamagan, millatni bosqinçilarga qarşi oyoqqa turgizgan yurtparvar odam bölgan, kun kelib aytganlarimni avlodlarga yetkazasan deb vasiyat qilgan edi. Bugun şu vasiyatni bajo keltiryapman. Rus bosqinçilariga qarşi xalqni birlaştirgan xalqparvar inson bölgan edi deb köp uqtirardi.


Kambağallar, qiynalganlarning haqini olib berişi bilan xalq orasida tanilgan inson edi. U rus bosqinçilarga qarşi tik turib Farğona vodiysi aholisini birlaştirib isyonlarga boş bölgan. Ğalayonlari sabab Sibirga surgun qilingan. Ma’lum vaqt ötib yana qişloqqa qaytib kelgan Madaminbek Farğonada “naçalnik melisa” böldi.

Madaminbek yoniga Qumariq qişloğidan Şermuhammadbek (Körşermat) kelib yordam berardi, otlarini suğorardi. Çaqqonligi uçun uni öziga yordamçi qilib olgan.

Toğamiz “melisa”likdan çiqib Farğona vodiysi oliy boş qömondoni bölib to “Amir al-muslimin” darajasiga erişdi. Şermuhammadbek bilan birga Öşni zabt qilişdi. Öşliklar Madaminbekni iliq kutib olgan. Hatto unga atab baland minora ham qurdirilgan. Şu minoraga çiqib ma’ruza qilgan.
Yurtda ruslar köpayib qörboşilar parokanda böla boşlagandan keyin Madaminbek qörboşilarini olib Qirğizistonning Şiğay qişloğiga ketgan. Şiğayda Xolxöja eşonning buyruği bilan Madaminbekning boşi tanasidan judo qilindi. Oltiariqlik xofiz Dadaxon Hasanov 1994 yillarda Şiğaydaga bordi va toğamning qabrini ziyorat qilib unga qabrtoş, panjara örnatdi.













