Xitoyda ötgan yili oila quriş körsatkiçi 6,1 milliongaça kamaydi — bu 1980 yildan beri qayd etilgan (7,2 million) eng past körsatkiçdir. Bu haqda Fuqarolik işlar vazirligi statistikasiga tayanib, SCMP xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatda turmuş quriş holatlari 2023 yilga nisbatan 20,5 foizga kamaygan. Şu bilan birga, 2024 yil davomida ajraşişlar soni 1,1 foizga (2,82 million) ortgan.

Statistikaga köra, yuz yillik boşida Xitoyda oila qurişlar soni keskin oşgan: 2005 yilda — 8,2 million, 2007 yilda — 9,9 million, 2009 yilda — 12,2 million, 2011 yilda — 13 million va 2013 yilda — 13,4 million. Şundan keyin mazkur körsatkiç kamayişni boşlagan va bu hozirga qadar davom etmoqda. Birgina 2023 yilda ijobiy dinamika qayd etilgan, ammo keyin pasayiş yana davom etgan.

Mustaqil demograf Xe Yafuning prognozlariga köra, mamlakatda deyarli barça çaqaloqlar özaro oila qurgan juftliklar tomonidan dunyoga keltirilişi sabab tuğiliş darajasi joriy yilda ham kamayişda davom etadi.

BMT hisob-kitoblariga köra, hozirgi demografik inqiroz 2100 yilga borib Xitoyning hozir 1,4 milliard aholisining ikki barobarga — 639 milliongaça qisqarişiga olib keladi.