Samarqandda muzlamada yonboşlab qolgan avtobus, yöl harakati qoidalarini buzgan 40 ming haydovçi, elektron tizimga ötayotgan şifokorlar qabuli hamda mahalliyçilik qilib 10 sutkaga qamalgan talaba qiz — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Samarqandda avtobus muzlamada yonboşlab qoldi
Samarqandda qor va muzlama tufayli yölovçi avtobusi avtofalokatga uçradi. Jomboy şaharçasidan Toşkentga yölga çiqqan avtobus M39 yölidagi temiryöl ötkazgiçiga çiqiş paytida muzlamada toyib ketib, yöl çetidagi beton tösiqqa urilib, yonboşlab qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda avtobusning paçaq bölgani va bir neça derazalari singani körinadi. Voqea guvohlariga köra, halok bölganlar yöq, bir neça yölovçi turli darajada tan jarohati olgan.
YHXX ma’lumotiga köra, hodisa yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Hozirça jabrlanganlar töğrisida rasmiy axborot berilmagan.
Yöl harakati qoidalarini buzgan 40 ming haydovçi
Özbekistonda 2024 yil davomida yöl harakati qoidalarini buzgan 26 mingdan ortiq haydovçi jabrlanuvçilarga yengil tan jarohati yetkazgan yoki katta moddiy zarar keltirgani uçun jazolandi.
Oliy sud ma’lumotiga köra, jami 40 ming 119 haydovçiga nisbatan 39 ming 270 ta iş körib çiqilgan. Ularning 26 ming nafariga jarima yoki haydovçilik huquqidan mahrum qiliş kabi ma’muriy jazolar qöllangan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2024 yilda Özbekistonda 9364 ta yöl-transport hodisasi sodir bölib, ularda 2203 kişi halok bölgan va 8901 kişi tan jarohati olgan.
Mahalliyçilik qilgan talaba 10 sutkaga qamaldi
Toşkentliklarni haqorat qilgan videolavha tarqatgan 25 yoşli talaba qiz 10 sutkaga qamaldi. U ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt aholisini uyatli sözlar bilan haqorat qilgan videoni joylaştirgan. Sud jarayonida u taksi haydovçisining mahalliyçilik ohangidagi gapidan jahli çiqib, şu tarzda javob videosini tarqatganini aytib, qilmişiga puşaymonligini bildirgan.







