Ozarboyjon mamlakat poytaxti Bokuda joylaşgan «Rus uyi» («Russkiy dom») yopilişini e’lon qildi. Bir neça kun avval bu taşkilot muassisi hisoblangan Rossotrudniçestvo bu haqda xabardor qilgandi. 10 fevral kuni Bokudagi «Russkiy dom» binosini buziş boşlandi. Ozarboyjon holatni rasman taşkilotning röyxatdan ötişdagi muammosi bilan boğlagan, lekin gap boşqa narsada ekani aniq...

Oqtovdagi aviahalokatdan keyin

25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahrida Ozarboyjon havo yöllariga tegişli Embraer 190 samolyoti qulab tuşgani esingizda bölsa kerak. Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga qarab uçgan samolyot kutilmaganda butun boşli Kaspiy dengizini uçib ötib Qozoğistonga qönişga qaror qilgani ma’lum bölgandayoq jiddiy nimadir sodir bölganini taxmin qiliş mumkin edi. Keyinroq uçoq Qozoğiston osmonida keskin pastlab, ğalati manyovrlarni amalga oşirgani va qulab tuşib portlagani aks etgan maş’um videolar tarqaldi. Halokatdan köp ötmay samolyot fyuzelajida öq izlari aks etgan videolar paydo böldi va öşa ondayoq hammasi aniq edi – samolyot yerdan turib öqqa tutilgan.

Bir neça soat ötib Embraer 190 Grozniy osmonida Rossiya harbiylari tomonidan öqqa tutilgani ma’lum böldi. Biroq Rossiya tomoni hamon buni tan olgani yöq. Rossiya halokat haqida faqat bir marta rasmiy ma’lumot berdi va unda aytilişiça, samolyot halokatiga quşlar galasi bilan töqnaşuv, şuningdek, kislorod balloni portlaşi sabab bölgan.

Halokatdan bir neça kun ötib Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga intervyu berib, samolyot ruslar tomonidan urib tuşirilgani, biroq Moskva buni tan oliş örniga quşlar va kislorod balloni haqida uydirmalarni ilgari surayotganini jahl bilan gapirdi. Öşa intervyu kuni Vladimir Putin Ilhom Aliyev bilan telefon suhbati çoğida bölib ötgan voqea uçun uzr söradi. Biroq Putin Rossiya samolyotni urib tuşirgani uçun emas, Kreml xabariga köra, şunçaki «hodisa Rossiya osmonida sodir bölgani uçun» keçirim söragan.

Aliyev keyinçalik ham Rossiya aybini tan olişi kerakligi haqida bir neça marta gapirdi. Xususan, halokatda qurbon bölgan ozarboyjonliklar oila a’zolari bilan uçraşuv vaqtida samolyot ruslar tomonidan urib tuşirilgani kunday ravşan ekanini ta’kidladi. Xullas, öşa halokatdan keyin Moskva va Boku örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşdi.

«Pişib kelgan» sovuqlik

Şu örinda Rossiya – Ozarboyjon munosabatlari haqida ikki oğiz. Birinçi Qoraboğ uruşida Armaniston Rossiya yordami bilan Qoraboğni Ozarboyjondan tortib olganini bilsangiz kerak. Şu jihatdan olinsa, Ozarboyjon Rossiyaga nisbatan qanday munosabatda ekanini tuşuniş mumkin. Lekin Rossiya qançalik kuçli davlat ekani inobatga olinsa, Boku tabiiyki, Moskva bilan sen-menga bora olmasdi.