Ilon Mask rahbarligidagi investorlar konsorsiumi OpenAI direktorlar kengaşiga ChatGPT çatbotini nazorat qiluvçi notijoriy taşkilotni 97,4 milliard dollarga sotib oliş uçun ariza kiritdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
OpenAI rahbari Sem Altman X ijtimoiy tarmoği orqali uşbu taklifga javob qaytardi: «Yöq, rahmat, ammo xohlasangiz biz Twitterʼni 9,74 milliard dollarga sotib olişimiz mumkin. Ilon Mask Twitterʼni 2022 yilda 44 milliard dollarga sotib olgan va uning nomini X’ga özgartirgan edi.
Mask OpenAI’ning hammuassislaridan biri (u 2018 yilda kompaniya direktorlar kengaşini tark etgan) bölib, u kompaniyaning tijoriy faoliyatga ötişiga qarşilik bildirgan. Mask kompaniyaning tijoratlaştirilişi böyiça OpenAI va Altmanni sudga bergan. Uning fikriça, OpenAI de-fakto Microsoftʼning yopiq kodli şu’ba kompaniyasiga aylantirilgan.
«OpenAI uçun oçiq birlamçi kodga qaytiş vaqti keldi», — deydi Mask.
Biznesmen uning X.AI sun’iy intellekt startapini (2023 yil martda yaratilgan) qöllab-quvvatlagan, bitimdan keyin u OpenAI bilan birlaşişi mumkin. Şuningdek, u bir qança investorlar, jumladan, Valor Equity Partners, Baron Capital, Atreides Management, Vy Capital, 8VC va boşqalarning qöllab-quvvatlovini olgan.
Yanvar oyida biznesmenning advokati Mark Toberoff Kaliforniya va Delaver (OpenAI röyxatdan ötkazilgan manzil) boş prokurorlariga maktub yöllab, uning uluşini sotiş böyiça auksion ötkazilişini söragan. Öz navbatida OpenAI Maskning huquqiy e’tirozlarini asossiz deb atagan. Dekabr oyida kompaniya Mask OpenAI’ning tijoriy tuzilmaga aylantirilişini qöllab-quvvatlagani, ammo nazoratni qölga kirita olmagani bois undan ketgani keltirilgan hujjatlarni e’lon qildi.
Inauguratsiyaning ertasi kuni Donald Tramp va Altman Amerika ma’lumotlarni qayta işlaş markazlariga keyingi tört yilda 500 milliard dollargaça investitsiya kiritişni nazarda tutuvçi loyihani taqdim etdi. Tramp bilan qalin aloqaga ega bölsa-da, Mask unda iştirok etmadi. Keyinroq u Altmanni firibgar deb atadi.













