Termiz şahrida, Afğoniston bilan çegaradoş hududda joylaşgan xalqaro köp funksiyali transport-logistika habi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissar boşqarmasi (UNHCR) Global ta’minot tarmoği ombori maqomini oldi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga tayanib, «Dunyo» agentligi xabar berdi.

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati ta’kidlaganidek, oğir xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda, BMT aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam körsatiş uçun asosiy resurslar zaxirasini saqlab qolişga intilmoqda va şu nuqtai nazardan, markaz strategik ahamiyatga ega. Termizning Markaziy va Janubiy Osiyo çorrahasida joylaşgani, şuningdek, malakali kadrlar mavjudligi Özbekiston savdo-logistika obektining global tarmoqqa integratsiyalaşuviga ta’sir etuvçi asosiy omillar bölgan.

Marosimda sözga çiqqan Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Termiz habi hamkorlik, işonçlilik va samaradorlik ramzi ekanini alohida ta’kidladi. Bu nafaqat insonparvarlik yetkazib beriş zanjirini mustahkamlaydi, balki iş örinlari va yangi imkoniyatlar yaratiş orqali mintaqa rivojiga ham hissa qöşadi.

Hab prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2022 yilda BMT, xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afğoniston va boşqa davlatlarga insonparvarlik yordamlarini markazlaştirilgan va maqsadli yetkazib berişni ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan.

Termiz markazi BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligining sakkizinçi xalqaro omboriga aylandi. Global tarmoqqa, şuningdek, Amman (Iordaniya), Dubay (BAA), Nayrobi (Keniya), Akkra (Gana), Duala (Kamerun), Kopenhagen (Daniya) va Panama Siti (Panama) şaharlarida joylaşgan obektlar kiradi.

Har yili uşbu infratuzilma orqali qiymati 500 million dollardan ortiq bölgan hayotni qöllab-quvvatlovçi asosiy buyumlar (çodirlar, körpalar, oşxona jihozlari, dori-darmonlar va boşqalar) yetkaziladi.