Boş prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, fuqaro J.E. va boşqalar özaro til biriktirib, Surxondaryo örmon xöjaligi hududidagi 3 gektar yer maydonida 20 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xomaşyosini özboşimçalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mlrd söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Şu kabi, departamentning Bekobod tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, “Avangard” massivi hududida fuqaro A.A. va boşqalar özaro til biriktirib, 21,6 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xomaşyosini özboşimçalik bilan qazib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (özboşimçalik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









