AQŞ 14 ştati milliarder Ilon Mask va prezident Donald Trampni sudga berdi. Da’vogarlar Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) direktori lavozimiga tayinlanişini «Konstitutsiyaga zid» deb hisoblamoqda.
Ilon Maskning hukumat institutlariga ta’siri Qöşma Ştatlarda munozaralar mavzusi bölib qolmoqda.
Amerikaning The Hill naşri xabariga köra, Nyu-Meksiko, Arizona, Miçigan, Kaliforniya, Konnektikut, Havayi, Merilend, Massaçusets, Minnesota, Nevada, Oregon, Rod-Aylend, Vermont va Vaşington ştatlari Tramp, Mask va DOGE ustidan sudga murojaat qilgan.
Murojaatda Maskning DOGE direktori etib tayinlanişi «Konstitutsiyaga zid» ekani aytiladi va unga berilgan vakolatlar «çeksiz va nazoratsiz hokimiyat» deb ataladi.
«Prezident Tramp millat uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidni yetarliça baholamayapti. Tramp janob Maskka Kongressning tegişli ruxsatisiz yoki uning faoliyati ustidan oqilona nazoratsiz deyarli çeksiz vakolat bergan», deyiladi hujjatda.
Şu bilan birga, Mask sönggi paytlarda Trampga qarşi sudga berilgan da’volar haqidagi fikrini aytdi.
«Qayerda sudya prezidentning har qanday harakatini xotirjamlik bilan töxtata olsa, demak, biz demokratik davlatda yaşamayapmiz», dedi milliarder.
DOGE taşkiloti AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan «federal mablağlar isrof qilinişining oldini oliş» maqsadida taşkil etilgan.









