Avgust - maktab öquvçilari bor oilalar uçun eng qizğin va mas’uliyatli oylardan biridir. Agar maktabga faqat bitta bolani tayyorlaş kerak bölsa, xarajatlarni bosqiçma-bosqiç taqsimlaş mumkin. Ammo oilada bir neçta öquvçi bölsa, gap endi 1 sentyabr oldidan qilinadigan bir neçta xarid haqida emas, balki kelgusi oylar uçun oilaviy byudjetni oldindan puxta rejalaştiriş haqida ketadi.
Maktab uçun xaridlar aslida qançaga tuşadi?
Ota-onalar maktab uçun xarid qilişni boşlaganida, xarajatlar odatda kutilganidan bir neça million sömga köproq çiqadi, yakuniy summa esa xarid qayerda amalga oşirilişiga qarab sezilarli darajada farq qilişi mumkin.
2026-yilda Toşkentdagi örtaça maktab töplami namunasi

Amalda ota-onalar kamdan kam hollarda faqat bitta köylak va bir juft poyabzal bilan çeklanadi. Odatda ular haftalik foydalaniş uçun ikki-uçta köylak, almaştiriladigan poyabzal, qöşimça sport formasi hamda heç bölmaganda birinçi çorak uçun yetadigan daftarlar zaxirasini xarid qiladi.
Birinçi sinf öquvçilarini maktabga tayyorlaş esa alohida masala. Forma va maktab anjomlaridan taşqari ota-onalar bantiklar, oq golf paypoqlar, bayramona aksessuarlar, ijodiy maşğulotlar uçun papkalar va tantanali saf uçun turli töplamlarni ham sotib oladi. Bunday “mayda-çuydalar” maktab byudjetiga osonlik bilan yana 150–300 ming söm qöşimça xarajat qöşişi mumkin.
Pul yetişmasa nima qiliş kerak?
Natijada, hatto qimmat brendlarni hisobga olmaganda ham, Toşkentda bir bolani maktabga tayyorlaş taxminan 3,5 mln söm, ikki bolani tayyorlaş esa 7 mln sömdan oşişi mumkin.
Maktabga tayyorgarlik xarajatlari orasida ba’zan oilaviy byudjet barça xaridlarni birdaniga qoplay olmasligi mumkin. Bunday hollarda payme ilovasida hamkorlar orqali tovar va xizmatlar uçun tölov qilganda mavjud bölgan TBC BNPL bölib tölaş xizmati yordam beradi.
3-avgustdan 10 sentyabrgaça maxsus aksiya amal qiladi: 5 mln sömgaça bölgan xaridlarni 0% asosida bölib tölaş va summani 3 oy davomida teng uç qismda, ortiqça tölovlarsiz qaytariş mumkin.


















