Özbekiston maktablarida 2026/27 öquv yili 2 sentyabr, çorşanbadan boşlanadi, deya e’lon qildi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi.

Joriy yilda birinçi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq öquvçiga 12 nomdagi öquv qurollaridan iborat “Prezident sovğasi” beriladi.

Avvalroq akademik litsey va texnikumlarda ham yangi öquv yili 2 sentyabrdan boşlanişi xabar qilingandi.

Oliy ta’lim muassasalarida esa darslar 1-bosqiç talabalari uçun 7 sentyabrdan, yuqori bosqiç talabalari uçun esa 14 sentyabrdan boşlanadi.