Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) saytida zaiflik aniqlandi. Uşbu zaiflik orqali istalgan foydalanuvçi u yerdagi ma’lumotlarni tahrirlay olişi mumkin, deb yozadi The Verge.

Sayt faoliyatidagi xatolikni veb dasturlaş böyiça ekspertlar aniqlagan bölib, bu haqda 404Media orqali ma’lum qilgan. Ulardan biri misol tariqasida saytda quyidagiça post qoldirgan: «Bu «ekspertlar» öz ma’lumotlar bazasini oçiq qoldirgan».

Doge.gov saytida «bu AQŞ hukumatining rasmiy sayti» deyilgan. Ammo ekspertlarning fikriça, u hukumat serverlarida faoliyat yuritmaydi.

Ilon Mask rahbarligi ostidagi Hukumat samaradorligi departamenti Donald Tramp AQŞ prezidentligi lavozimiga kirişganidan keyin iş boşlagan. Mazkur tuzilma Amerika hukumati faoliyati samaradorligini oşirişi kutilmoqda. Xususan, departament federal agentliklarga öz xodimlarini joylaştiradi — ular qanday qoidalarni soddalaştiriş yoki bekor qiliş, qaysi xodimlarni işdan böşatiş kerakligi böyiça tavsiyalar beradi. Şu bilan birga, departament keng vakolatlarga ega, uning xodimlari AQŞdagi qator federal agentliklar ustidan nazoratni qölga kiritişi mumkin.

DOGE — AQŞ hukumati departamenti emas

DOGE hukumat departamenti emas va Mask yangi ma’muriyatning a’zosi sanalmaydi. Şu bilan birga, uning Ğarbiy qanotda ofisi, şuningdek, Oq uy majmuasining bir qismi bölgan Eyzenxauer ma’muriy idorasi binosida ofisi mavjud.

Milliarderning körsatmasi böyiça 19 yoşdan 25 yoşgaça bölgan dasturçilar va muhandislarga federal agentliklarning nozik ma’lumotlari ustidan nazorat berilyapti hamda ular ommaviy işdan böşatiş bilan tahdid qilişyapti.