AQŞ prezidenti ma’muriyati yevropalik amaldorlarga Pasxagaça (20 aprel) Ukrainada öt oçişni töxtatişga erişiş rejalaştirilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Bloomberg.

Ğarb amaldorlari keyingi hafta Saudiya Arabistonida AQŞ va Rossiya vakillari muzokaralarga tayyorgalikni boşlagan taqdirda ham yuqoridagi muddatda öt oçişni töxtatişga erişişni «juda ambitsiyali va noreal», deb baholamoqda. Agentlik manbalaridan birining aytişiça, Rossiya—Ukraina uruşini yakunlaş ehtimoli köproq bölgan muddat — bu yil oxiri hisoblanadi.

Avvalroq «Strana.ua» uruşni 100 kun içida yakunlaş rejasini e’lon qilgandi — unda Pasxa kunlarida öt oçişni töxtatiş, Ukraina qurolli kuçlarini Kursk oblastidan olib çiqiş hamda 9 maygaça tinçlik deklaratsiyasi tuzilişi körsatilgan. Ukraina prezidenti ofisi esa materialni «rossiyaliklar tarqatadigan safsata» deb atagan.

Yaqinlaşib kelayotgan muzokaralar fonida Yevropa davlatlariga Ukrainaga yirik harbiy yordam paketi ustida iş bolib bormoqda. Bloomberğga köra, qöllab-quvvatlov böyiça aniq rejalar 2025 yil 23 fevralga qadar — Germaniyada navbatdan taşqari parlament saylovlari tugamagungaça e’lon qilinmaydi.

Donald Tramp 12 fevral kuni Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Rossiya—Ukraina uruşini töxtatiş töğrisidagi muzokaralarni boşlaşga kelişib olganini e’lon qildi. Zelenskiy bir neça bor Ukraina iştirokisiz heç qanaqa tinçlik muzokaralarni bölmasligini ta’kidlagan.