Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan bölayotgan tahdidlarga qarşi turiş uçun özlarining milliy armiyalarini yagona tuzilmaga birlaştirmaydi. Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bu boradagi taklifiga şunday izoh berdi.
«Bunday terminlarga ehtiyot böliş kerak, çunki odamlar turli narsalarni tuşunişi mumkin. Agar gap milliy armiyalar birlaşuvi haqida ketayotgan bölsa, bu sodir bölmaydi. Ammo men Yevropa Ittifoqining mudofaa imkoniyatlarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlayman», — deydi vazir.
Sikorskiy, şuningdek, Yevropa Ittifoqi mazkur yönalişda tegişli qadamlarni taşlayotgani, kuçaytirilgan brigada tuzayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, Yevropa mudofaasining mustahkamlanişi ham milliy, ham Yevropa komponentlarini öz içiga olişi kerakligini ta’kidladi.
Polşa mudofaa vazirining qayd etişiça, Varşava öz qöşinlarini Ukrainaga yuboriş imkoniyatini körib çiqmayapti. U Polşaning NATO doirasidagi asosiy vazifasi — alyansning şarqiy qanotini, ya’ni öz hududlarini himoya qiliş ekanini eslatib ötgan.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasida Yevroittifoqni öz Qurolli kuçlarini taşkil etişga çaqirgandi. Ukraina prezidenti AQŞ Yevropani qöllab-quvvatlaşni qisqartirişi mumkinligidan xavotirini bildirgan: «Yevropa öz armiyasiga ega bölişi kerak. Yevropa armiyasi. Men rostdan ham vaqt keldi deb hisoblayman. Yevropa Qurolli kuçlari tuzilişi kerak».
Zelenskiy Ukraina armiyasi umumevropa kuçlarining tuzilişiga asos bölib xizmat qilişi mumkinligini qöşimça qilgan. «Ukraina armiyasisiz Yevropa armiyasi Rossiyani töxtata olmaydi. Bu reallik. Armiyamiz zamonaviy uruş tajribasiga ega, ammo uning sa’y-harakatlari yetarli emas», — deydi u.









